Andijon davlat pedagogika insituti magistranti
1997-yil 16-aprelda Andijon viloyati Jalaquduq tumani Beshtol qishlogʻida ishchi oilasida tugʻilgan. Millati - oʻzbek. Jalaquduq tumani Beshtol MFY da joylashgan 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabini 2011-yilda tamomlagan. 2015-yil Xojaobod tuman tibbiyot kollejini tamomlagan. 2017-yil Andijon davlat universiteti Pedagogika va psixologiya yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilingan. 2021-yil oʻqishni tamomlab, bakalavr darajasiga erishgan. 2021-2023-yillar davomida Andijon davlat pedagogika inisitutida magistraturada pedagogika va psixalogiya yoʻlanishida taxsil olgan. 2020-yil dan buyon Jalaquduq tuman Beshtol MFY 73-DIUM da psixolog lavozimida faoliyat olip birmoqda.
Andijon davlat pedagogika instituti "Boshlang'ich ta'lim" kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor.
Umida Usmanova 1988-yil 18-avgustda Qirg'iziston Respublikasining O'sh viloyatida tug'ilgan. U Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi bo‘yicha tamomlagan. Talabalik davrida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, “Yil talabalsi” Respublika ko’rik tanlavi g’olibi. Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo’lgan. Usmanova 13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Boshlang'ich ta'lim magistratura talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusida dissertatsiya ishini himoya qildi va pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasiga erishdi. U. Usmonova Turkiya davlatining Istanbul shahrida Marmara hamda Aydin universitetlarida, Izmir shaxrida EGE universitetida, Ankara shaxrida GAZI universitetida, Karabuk shaxrining Karabuk universitetlarida bo’lib ilmiy satjirovka o’tagan. Bundan tashqari Qozog’iston Respublikasining Tashenov nomidagi davlat universitetida ilmiy izlanishlar olib borgan., Usmanova Umida Aybekovnaning ilmiy ishlari va adabiy merosi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
✅“Boshlang'ich ta'limda tarbiya fani”, "Xalqaro baxolash asoslari" nomli darsliklar;
✅“Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar”, "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi", " STEAM va SMART ta'lim texnologiyasi", "Mutaxassislikka kirish" nomli o‘quv qo‘llanmalar;
✅30 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi.